Главная » 2016 » Июль » 09
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva 15-iyun kuni huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qo‘lga olingan chinozlik Ahmadboyga ikki barobar ko‘paytirib berish sharti bilan 50 ming AQSh dollari bergani haqidagi xabarlarni rad etib chiqdi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar bermoqda .


Foto: “Qalampir.uz”
“Men Ahmadboy haqida umuman eshitmaganman, hatto, televideniye orqali namoyish etilgan ko‘rsatuvni ko‘rganim ham yo‘q. Qo‘l telefonim tinmayapti, tanish-bilishlar ko‘ngil so‘rab qo‘ng‘iroq qilishyapti. Odamlarga hayronman, ko‘rmagan, bilmagan narsasi haqida bunday gaplarni qanday o‘ylab topisharkin?!”, — dedi Ra’no Yarasheva.
“Farzandlarimni halol mehnatim bilan boqqanman. Sudxo‘rlik eng og‘ir gunoh va jinoyat. Qo‘limda shuncha pulim bo‘lganida, yetti yot begonaning qo‘liga olib borib bergan bo‘larmidim?! Ahmadboy kim ekan, deb surishtirsa ... Читать дальше »
Просмотров: 397 | Добавил: islomby | Дата: 09.07.2016 | Комментарии (0)

“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonanda Lolaning din va e’tiqod masalasida Instagram’da yozib qoldirgan , so‘ng o‘chirib tashlagan xabari yuzasidan xonanda bilan tushuntirish ishlari olib boradi. Bu haqda “O‘zbeknavo” bosh direktori o‘rinbosari Murodjon Majidov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Qalampir.uz”.

Foto: “Qalampir.uz”
“Xonanda Lola Yo‘ldoshevani birlashmaga chaqirib, u bilan tushuntirish ishlarini olib boramiz, albatta. Shuning bilan bizning vakolatimiz tugaydi”, — dedi “O‘zbeknavo” bosh direktori o‘rinbosari.
“Avvalroq jamoatchilik fikridan kelib chiqqan holda unga berilgan litsenziyaning amal qilishi muddatidan avval to‘xtatilgan edi. Lola tarbiyaga chaqirilgandan keyin yana litsenziyasi qaytarib berildi. Litsenziya xonandaning tirikchilik vositasi”, — dedi Murodjon Majidov.
“Xonandaning nomaqbul klip va qo‘shiqlariga kelsak, ularni tele ... Читать дальше »
Просмотров: 495 | Добавил: islomby | Дата: 09.07.2016 | Комментарии (0)

Kuni kecha Ulug‘bek Rahmatullayev avtohalokatga uchraganini bildirgan ayrim Telegram kanallari endi aktrisa Shahzoda Muhammedova haqida mish-mishlar tarqatmoqda. Bu haqda “Darakchi.uz”
xabar berdi .


Kadr: YouTube
Telegram kanallari orqali tarqalgan xabarlarda shunday deyiladi “Dahshat! Shahzoda Dubayda nima ish qilib qo‘ydi, hayron qolishingiz aniq!”
Bundan xabar topgan aktrisa o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali bunday safsatani tarqatayotganlarga murojaatini yozib qoldirdi:
“Pul topish maqsadida Telegram’da turli yolg‘on manbalar, fotoshoplar tarqalyapti. Qiziqib, ichiga kirilsa pul yechiladi har bir telefondan. Iltimos, san’atkorning yuzidan foydalanib pul topmanglar. Dubaymish, Toshkentdaman-ku? Ozgina Xudodan qo‘rqinglar! Qiz bolaning nomini bulg‘ash yaxshimas. Kuni kecha xonanda Ulug‘bek Rahmatullayevni halokatda o‘ldi degan mis ... Читать дальше »
Просмотров: 389 | Добавил: islomby | Дата: 09.07.2016 | Комментарии (0)

O'z ijodidagi premeralar davomiyligini bir necha oylardan beri ushlab turgan va borgan sari xalqimiz ishonchiga kirib borayotgan xonanda Hadicha “O'zbegim Taronasi” radiosi orqali navbatdagi qo'shig'ini tinglovchilar hukmiga havola qildi. “Oh yurak” deb nomlangan mazkur tarona muxlislar tomonidan iliq qarshi olindi. Avval taqdim etgan qo'shiqlaridan biroz farq qiladigan bu kompozitsiya xalqimiz orasida ommalashishi kutilmoqda.
Hadichaning saytimizga bergan ma'lumotlariga ko'ra, ushbu kompozitsiya Farrux Sohib bilan hamkorlikda yaratilgan. Shuningdek, mazkur qo'shiqqa videoklip tasvirga olish ham rejalashtirilgan. Bu haqida keyingi yangiliklarimizda batafsil to'xtalamiz. Hozir esa “Oh yurak” qo'shig'ini tinglang va baho bering.
Manba: www.popcorn.uz
Просмотров: 619 | Добавил: islomby | Дата: 09.07.2016 | Комментарии (0)

Yaqindagina estradamizning porloq yulduzi betakror Shahzoda “Xasta” nomli yangi qo'shig'iga videoklip tasvirga oldirgani haqida ma'lumot bergan edik. Bugun mazkur tarona yurtimizning yetakchi radioto'lqinlari uzra jarang sochdi. Tinglovchilar tomonidan kutilganidan ham a'lo darajada qarshi olingan qo'shiq serqirra ijodkor Sarvar va Komil bilan hamkorlikda yaratilgan.
Qolaversa tez kunda namoyish etiladigan mazkur kompozitsiyaning videoklipi ham aynan Benom guruhi vakillari tomonidan tasvirga olingan. Marhamat maftunkor Shahzoda ijrosidagi “Xasta” qo'shig'ini tinglang va baho bering.
Manba: www.popcorn.uz
Просмотров: 369 | Добавил: islomby | Дата: 09.07.2016 | Комментарии (0)

Estradamizning yorqin yulduzi Shohruhxonning “Aldamadim” deb nomlangan yangi qo'shig'i radioto'lqinlar uzra jarang sochdi. Muxlislar tomonidan bildirilgan ijobiy fikrlar taronaning xalqimiz orasida ommalashishidan darak beradi.
Aslida bu qo'shiq ilk bor xonandaning “Yulduzlar” nomli kontsert dasturida taqdim etilgan bo'lib, ilk jarangidayoq muxlislar e'tiboriga tushgan edi. Mana bugun siz ham bu kompozitsiyadan bahra olish imkoniga egasiz.
Manba: www.popcorn.uz
Просмотров: 359 | Добавил: islomby | Дата: 09.07.2016 | Комментарии (0)

Xushovoz xonanda Saida muxlislari uchun ajoyib tuhfa tayyorladi. U bugun mazkur tuhfani “O'zbegim Taronasi” radiosi orqali taqdim etdi. “Позови” deb nomlangan ushbu kompozitsiya tinglovchilar tomonidan iliq qarshi olindi.
Taronaning mualliflariga to'xtaladigan bo'lsak, so'zi, musiqasi va aranjirovkasi xonandaning o'ziga tegishli. Mazkur kompozitsiyani yaratishda xonandaga Vladimir Karpov hamda Fazliddin Xojiniyozov yaqindan yordam bergan. Marhamat Saida ijrosidagi “Позови” taronasini tinglang. O'z fikr-mulohazalaringizni bildiring.
Manba: www.popcorn.uz
Просмотров: 392 | Добавил: islomby | Дата: 09.07.2016 | Комментарии (0)

Aktyor Yigitali Mamajonov “Hordiq” gazetasiga bergan intervyusida xonanda, sobiq turmush o‘rtog‘i Rayhon bilan nima sababdan ajrashganiga qisman to‘xtalib o‘tdi. Mazkur nashr Yigitaliga san’atkorlardan tushgan savollar bilan murojaat qildi, deb xabar beradi “Diydor aziz”.



Foto: “Diydor aziz”
Xususan, Shohida Uzoqova aktyorga shunday savol berdi:
“Savolim sizga biroz og‘ir botishi mumkin. Farzand Allohning mo‘jizasi. Siz nima bo‘lgan tadqirda ham oilani saqlab qolishingiz kerak edi. Nega bunga harakat qilmadingiz?”
Yigitalining ushbu savolga javobi quyidagicha bo‘ldi:
“Inson birovning hayotini bilmasdan turib bunaqa xulosaga kelishi noto‘g‘ri. Har bir inson boshidan o‘tganini o‘zi biladi va har kimning o‘z haqiqati bor. Harakat qilmadi, degan qarorga kelish mening haqiqatimga to‘g‘ri kelmaydi. Men bolalarim otasiz o‘smasligi uchun ur ... Читать дальше »
Просмотров: 657 | Добавил: islomby | Дата: 09.07.2016 | Комментарии (0)

Xonanda Lola 6-iyul, chorshanba kuni Instagram’dagi sahifasida o‘z o‘quvchilarini bayram bilan tabriklab,
xabar qoldirdi .



Foto: Instagram / @lolaofficial_
“Bayram bilan, do‘stlarim! Bu yorug‘ bayramni bolaligimdan beri yaxshi ko‘raman. Butun kun davomida onang bilan oshxonada yurasan, pishir-kuydir bilan band bo‘lasan, so‘ng mehmonlarni kutib olasan, qo‘shnilar bilan shirinlik almashasan”, — deb yozadi Lola.
“Bu bayram hozirga qadar barchamizni ota-onamizning uyimizda jamuljam qiladi. Xonadonlaringizdan kulgi va quvonch, tinchlik va xotirjamlik arimasin. Muhabbat va omad tilab qolaman, qadrdonlarim”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda Lola.
O‘zbekistonda 6-iyul kuni Ramazon Hayiti keng nishonlandi. Bundan bir kun avval xonanda Lola Instagram’dagi sahifasida #arafamuborak xeshtegi bilan xabar qoldirgan edi.
Просмотров: 460 | Добавил: islomby | Дата: 09.07.2016 | Комментарии (0)