Главная » 2016 » Июль » 13
Turkiyada tahsil olayotgan aktrisa Gulchehra Eshonqulova Instagram’dagi sahifasiga turmush o‘rtog‘i Sharof Sharopov bilan birga tushgan yangi suratini e’lon qildi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda .

Foto: “Darakchi.uz”
“Suratda aktrisa turmush o‘rtog‘iga bo‘sa hadya etayotgani aks etgan”, — deyiladi nashr xabarida.
Fotosurat izohida aktrisa u turmush o‘rtog‘i bilan qanchalik baxtli ekani, taqdir ularni birlashtirganidan hamda shunday turmush o‘rtog‘i borligidan, “rafiqa” nomini olganidan fahrlanishini she’riy tarzda izhor qilgan.
Просмотров: 826 | Добавил: islomby | Дата: 13.07.2016 | Комментарии (0)

Xonanda va suxandon Shuhrat Qayumov salomatligi yomonlashgani bois davolangani Moskvaga ketdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda .

Foto: “Daryo”
Shuhrat Qayumovning salomatligi uning 2016-yilgi konserti arafasida
yomonlashgan edi , shunga qaramay xonanda jonli ijrodagi konsert dasturini taqdim etdi.
“Yaqinda Shuhrat Qayumov turmush o‘rtog‘i bilan Moskvaga jo‘nab ketdi, bizga yetib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, u bir muddat davolanish kurslarida bo‘ladi”, — deb yozadi “Darakchi.uz”.
Qayd etishlaricha, Shuhrat Qayumov 2013-yili ham salomatligi yomonlashgani bois, Moskvada davolanib qaytgan.
Просмотров: 408 | Добавил: islomby | Дата: 13.07.2016 | Комментарии (0)

Milliy matbuot markazida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida birlashma Bosh direktori o‘rinbosari Murodjon Majidov joriy yilning avgust oyida 40 nafar xonanda uchun ma’naviyat darslari tashkil etilishi haqida ma’lum qildi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar bermoqda .

Foto: “Qalampir.uz”
“Bundan oldingi darslarga aql-hushi joyida san’atkorlarni jalb qilganimiz yaxshi bo‘ldi. Boisi keyingi darslarni tashkil etish borasida ulardan ancha fikrlar oldik. Ma’naviyat soatlarini to‘xtatib qo‘ygan edik. Bugun bunga ehtiyoj ortib borayotganini his qilgan holda yana ma’naviyat darslarini davom ettirmoqchimiz. Chunki bugungi ayrim xonandalar kitob, gazeta o‘qimaydi, TV ko‘rmaydi. Dunyoda kechayotgan voqealardan xabardor emas. Bunday ijrochilarni esa o‘qitish kerak”, — dedi Majidov.
“O‘zbeknavo” bundan avvalgi malaka oshirish kurslarid ... Читать дальше »
Просмотров: 646 | Добавил: islomby | Дата: 13.07.2016 | Комментарии (0)