Главная » 2016 » Июль » 10
Qiz bola turmushga chiqqanidan so‘ng aksariyat hollarda turmush o‘rtog‘ining familiyasiga o‘tadi. Ammo u el nazaridagi taniqli ijodkor bo‘lsa bunga ko‘nadimi yoki familiyasida qolishni ma’qul ko‘radimi? “Hordiq” gazetasi ushbu savol bilan ayrim ijodkor ayollarga murojaat etdi, deb yozadi
“Darakchi.uz”.


Foto: Depositphotos
Madina Mumtoz: “Qizlik familiyam Musayeva bo‘lishiga qaramay, ko‘pchilik Mumtoz taxallusim orqali taniydi. Turmushga chiqqach, turmush o‘rtog‘imning familiyasiga o‘tishga qaror qildim. Chustiy degan kamyob va noodatiy familiyam haligacha ko‘pchilikni hayratga soladi. Negadir ko‘pchilik bu familiyani taxallus deb o‘ylaydi”.
Shodiya To‘xtayeva: “Barcha qizlar singari turmushga chiqqach, turmush o‘rtog‘imning familiyasiga o‘tdim. Hozir familiyam To‘xtayeva emas, balki Abduqodirova. Menimcha, ijodda ism-familiyaning ahamiyati yo‘q, ... Читать дальше »
Просмотров: 526 | Добавил: islomby | Дата: 10.07.2016 | Комментарии (0)

Bir muddat ilgari aktyor Yigitali Mamajonov “Hordiq” gazetasiga bergan intervyusida xonanda, sobiq turmush o‘rtog‘i Rayhon bilan nima sababdan ajrashganiga to‘xtalib o‘tgan edi. Xususan, u oilada erkak kishi bosh bo‘lishi lozimligini, buyuk erkakning ortida ayyor emas, balki oqila ayol turishini ta’kidlab o‘tgan edi.


Foto: “Diydor aziz”
Yigitalining bu fikrlariga Rayhonning munosabatini bilish uchun “Diydor aziz” nashri uning ma’muri Sherbekka
murojaat qildi. U Rayhon anchadan beri ayni savol bilan murojaat qilayotgan jurnalistlarga javob bermayotganini aytdi.
Shuningdek, Rayhon Yigitali aytgan “mayda-chuyda gaplardan yuqorida” ekanligini, u “bunchalik pastkashlikka” bormasligini ma’lum qildi.
“Rayhon oila sirlarini ko‘chaga olib chiqishni xohlamaydi”, — dedi Rayhonning ma’muri.
Просмотров: 467 | Добавил: islomby | Дата: 10.07.2016 | Комментарии (0)

Afsonaviy “Yalla” guruhi rahbari va yakkaxoni Farrux Zokirov “Tasvir” gazetasiga bergan intervyusida Zokirovlar sulolasining yosh avlodiga munosabat bildirdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda .


Foto: “Darakchi.uz”
“Zokirovlar sulolasining katta avlod vakillari bilan yosh avlod vakillari o‘rtasidagi munosabatlarni judayam ahil deya olmayman. Mehr-oqibat bor, ammo bir-birini tushunish yo‘qdek… — tan oldi san’atkor. — Sevimli ukamning o‘g‘li Javohir Zokirovni olsak, u ajoyib aktyor, bugungi kunda ancha yutuqlarga erishdi. Ravshanning o‘g‘li Vagif — o‘z kasbining ustasi, ularning yutuqlaridan quvonaman, albatta. Ammo, menimcha, har bir avlodning o‘z an’analari bor. Balki dunyoqarashlarimiz boshqami, bilmadim… Mening yosh qarindoshlarimga aytadigan gapim bitta: ‘Nima bo‘lgan taqdirda ham Karim Zokiriyning nabirasi ekanligingizni unutmang!’. O‘zim esa kimning ... Читать дальше »
Просмотров: 390 | Добавил: islomby | Дата: 10.07.2016 | Комментарии (0)