Главная » 2016 Июль 9 » Xonanda Hadichaning navbatdagi qo'shig'iga baho bering
12:53 Xonanda Hadichaning navbatdagi qo'shig'iga baho bering | |
| O'z ijodidagi premeralar davomiyligini bir necha oylardan beri ushlab turgan va borgan sari xalqimiz ishonchiga kirib borayotgan xonanda Hadicha “O'zbegim Taronasi” radiosi orqali navbatdagi qo'shig'ini tinglovchilar hukmiga havola qildi. “Oh yurak” deb nomlangan mazkur tarona muxlislar tomonidan iliq qarshi olindi. Avval taqdim etgan qo'shiqlaridan biroz farq qiladigan bu kompozitsiya xalqimiz orasida ommalashishi kutilmoqda. Hadichaning saytimizga bergan ma'lumotlariga ko'ra, ushbu kompozitsiya Farrux Sohib bilan hamkorlikda yaratilgan. Shuningdek, mazkur qo'shiqqa videoklip tasvirga olish ham rejalashtirilgan. Bu haqida keyingi yangiliklarimizda batafsil to'xtalamiz. Hozir esa “Oh yurak” qo'shig'ini tinglang va baho bering. Manba: www.popcorn.uz | |
|
| |
| Всего комментариев: 0 | |
