Amerikalik pop-xonanda Teylor Sviftning o‘tgan yilgi daromadi 170 million dollarni tashkil etdi va mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha u boshqa mashhurlar orasida birinchi o‘rinni egalladi. Eng yuqori haq to‘lanuvchi shou-biznes vakillarining yangi ro‘yxati 11-iyul, dushanba kuni Forbes jurnali tomonidan chop etildi, deya xabar bermoqda “TASS”. Foto: AP Photo Svift daromadining 250 million dollari uning “1989” dunyo bo‘ylab ulkan turnesiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, Diet Coke, Keds va Apple brendlari reklamalari ham uning yirik daromad manbalari hisoblanadi. Ro‘yxatning ikkinchi o‘rnidan 110 million dollar daromadi bilan Britaniyaning One Direction pop-jamoasi joy oldi. Shuningdek, ro‘yxat o‘nligida amerikalik komediya aktyori Kevin Xart (87,5 million dollar, 6-o‘rin), amerikalik radio va teleboshlovchi Govard Stern (85 million dollar, 7-o‘rin) va britaniyalik qo‘s
...
Читать дальше »
Просмотров:
438
|
Добавил:
islomby
|
Дата:
12.07.2016
|
|
O‘zbekistonlik Malika Razzoqova “Novaya volna–2017” (“Yangi to‘lqin–2017”) xalqaro qo‘shiq tanlovi kastingidan o‘tdi. Bu haqda “1news.uz” xabar bermoqda . Foto: “1news.uz” Musiqachilarni tinglash “Tavrida-2016” forumi doirasida bo‘lib o‘tdi. Tanlov ishtirokchilarini Rossiya shou-bisnezi vakillari – bastakor Igor Krutoy, xonanda Valeriya va uning turmush o‘rtog‘i, prodyuser Iosif Prigojin tanlab oldi. Xabarda qayd etilishicha, Malika Razzoqova O‘zbekistonda tug‘ilgan, keyinroq esa Ufaga ko‘chib o‘tgan. U Qozon madaniyat va san’at universiteti bitiruvchisi hisoblanadi. Malika qo‘shiqlarni tatar, boshqird, rus, ingliz va turk tillarida kuylaydi.
Просмотров:
385
|
Добавил:
islomby
|
Дата:
12.07.2016
|
|
O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova “Hordiq” gazetasiga bergan intervyusida bugungi darajasiga erishguniga qadar nimalarni boshdan kechirganini so‘zlab berdi, deb xabar bermoqda “Darakchi”. Foto: “O‘zbekkino” Milliy agentligi “Esimda, 1949-yilda onam bilan birga Samarqandga kelganmiz. Onam meni Uspenskiy nomidagi xotin-qizlar bilim yurtining yotoqxonasiga joylashtirib ketgan. Darslar rus va tojik tillarida bo‘lardi. Bilim yurti joylashgan ko‘chaning u tomonida Hamid Olimjon nomli musiqali teatr joylashgan edi. 2-kursda bizni shu teatrga olib borishdi. U yerda ilk marotaba ‘Boy ila xizmatchi’ spektaklini tomosha qilganman-u, teatr shaydosiga aylanganman. O‘qishga borsam ham xayolim faqat teatrda bo‘lgan. Shu sababli texnikumni 3-kursda tashlab, teatrga ishga kirganman. Ustozim Toshxo‘ja Xo‘jayev Toshkentga kelib, san’at sohasida o‘z o‘rnimni topishimga yo
...
Читать дальше »
Просмотров:
510
|
Добавил:
islomby
|
Дата:
12.07.2016
|
|
Aktrisa Asal Shodiyeva Instagram’dagi sahifasida turmush o‘rtog‘i, xonanda Shohruxxon bilan birga tushgan navbatdagi suratini e’lon qildi. Foto: Instagram / @asalshodieva Uchinchi shaxs tomonidan olingan suratda Asal Shodiyeva Shohruxxon bilan birga xonandaning qo‘lidagi smartfonga selfiga tushayotganini ko‘rish mumkin. Surat Asal Shodiyevaning Instagram sahifasida 10-iyul, yakshanba kuni e’lon qilingan, biroq aynan qachon, qayerda olingani ma’lum emas.
Просмотров:
632
|
Добавил:
islomby
|
Дата:
12.07.2016
|
|
Shu vaqtgacha turmush o‘rtog‘ining suratlarini yashirib kelgan xonanda Ali Otajonov Instagram’dagi sahifasida oilaviy suratini e’lon qildi . Foto: Instagram / @aliotajonov Surat xorijda olingan, unda yosh oila vakillari yonma-yon turganini ko‘rish mumkin. Fotosurat xonandaning ayoli — Gavharning tug‘ilgan kuni munosabati bilan e’lon qilingan. “Hayotingda va xayolingdagi inson bir bo‘lsa, dunyodagi eng baxtli insonlardansan. Mening baxtimsan! Seni Alloh uchun sevaman! Tug‘ilgan kun muborak bo‘lsin!”, — deya Ali Otajonov suratga izoh qoldirgan.
Просмотров:
671
|
Добавил:
islomby
|
Дата:
12.07.2016
|
| |